AsosiyJinoyat

Qo`l telefonlarini oyog`iga bog`lab olgan "uddaburon" to`xtatildi

'Qo`l telefonlarini oyog`iga bog`lab olgan "uddaburon" to`xtatildi'ning rasmi

Surxondaryoning «Sariosiyo» chegara bojxona postida qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.M. 20 dona Nokia rusumli telefon apparatlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o`tmoqchi bo`ldi.

Qayd etilishicha, fuqaro T.M. telefon apparatlarini oyog`ining yuqori qismida, ya`ni kiyimlari ostiga yashirgan.

Viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar