1

Ayol kishini tahqirlagan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

Jinoyat 21.11.2018, 17:04
Ayol kishini tahqirlagan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

21 noyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudida sudlanuvchi, Kattaqo`rg`on shahri IIB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan San`at Umarovga (1988 yilda tug`ilgan) nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda O`zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov "Darakchi"ga xabar qildi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi raisining o`rinbosari O`tkir Mamadaliev tomonidan ko`rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to`liq o`rganib, S. Umarovni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) 2-qismi «a», «z» bandlarida va 241−1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi S. Umarovga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) moddasi tartibida 3 yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tashni belgiladi.

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1