AsosiyJamiyat

Issiqxonada "issiq" o`g`rilik fosh etildi

'Issiqxonada "issiq" o`g`rilik fosh etildi'ning rasmi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Namangan shahri “Orzu” mahallasida B.Abdurahimovga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanilayotgani fosh etildi.

Olib borilgan tezkor o`rganishlar mobaynida B.Abdurahimov “hech kim bilmaydi”, qabilida ish tutib, markaziy 50 diametrli tarmoqdan o`zboshimchalik bilan, ko`z ilg`amas ravishda er ostini kovlab, hajmi 25 diametrli politelien quvurda tabiiy gaz tortib ketgan.

Mazkur holat bo`yicha iste`molchi belgilangan tartibda tarmoqdan uzilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar