AsosiyShou-biznes

O`zbekiston-Ozarbayjon xalqlari mushtarak madaniyatlari namoyishi

O`zbekiston davlat konservatoriyasida 26 oktyabr kuni mashhur pioninachi, Ozarbayjon xalq artisti, Ozarbayjon Davlat mukofoti lauriyati, Baku musiqa akademiyasi rektori Farxad Badalbeyli va dirijer, Ozarbayjon xalq artisti, Baku musiqa akademiyasi professori Yalchin Adigezalovning konsert dasturi bo`lib o`tadi, deya xabar bermoqda sharh.uz

   Mazkur konsert dasturi Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi, Geydar Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi va O`zbekiston-Ozarbayjon do`stlik jamiyati tomonidan tashkil etilmoqda.

   Dasturda Uzeir Gadjibeyli, Fikret Amirov, Soltan Gadjibekov, Nurilla Zakirov, Gara Garaev ijod namunalari O`zbekiston Milliy simfonik orkestori jo`rligida ijro etiladi.

   Konsert 26 oktyabr kuni 18:00da O`zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida bo`lib o`tadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar