1

Ebola virusiga qarshi vaksina olimlar tomonidan 2005 yildayoq ishlab chiqilgani ma`lum bo`ldi

Salomatlik 24.10.2014, 11:43
Ebola virusiga qarshi vaksina olimlar tomonidan 2005 yildayoq ishlab chiqilgani ma`lum bo`ldi

Ebola virusiga qarshi vaksina Kanada va AQSh olimlari tomonidan qariyb o`n yil avval ishlab chiqilgan, deya xabar bermoqda «RIA Novosti». Biroq farmasevtika kompaniyalari tomonidan qiziqish bildirilmagani klinik sinovlarga kirishish imkonini bermagan, deb yozadi daryo.uz

2005 yilda Nature jurnalida e`lon qilingan xabarda olimlar Ebola virusiga qarshi vaksina ishlab chiqqani, u hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazilgani aytiladi. Biroq o`sha vaqtda ushbu bezgak nisbatan kam uchraydigan kasallik bo`lgani sababli ko`pchilik farmasevtika kompaniyalari to`lashga qurbi etarli bo`lmagan mamlakatlardagina talabgir bo`lgan mahsulotga katta xarajat sarf qilishni istamagan.

AQShning Tennessi shtatidagi vaksina ishlab chiqish bo`yicha Vanderbild universiteti rahbari Jeyms Kroui so`zlariga ko`ra, vaksinani ilmiy ishlab chiqish bir necha million dollarga tushsa, uni odamlarda sinab ko`rish va ishlab chiqarish uchun yuz millionlab dollar sarflanadi. U bozorga chiqquniga qadar kiritiladigan jami sarmoyalar 1—1,5 milliard dollarga etishi mumkin.

Ayni paytda Ebolaga qarshi vaksina mavjud emas. Uni ishlab chiqish bilan bir nechta davlatlar, jumladan Rossiya ham shug`ullanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1