O`zbekiston hukumati qarori bilan aholisi 20 ming kishidan ziyod bo`lgan shaharlar va qishloqlarni batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.
Dasturga ko`ra, 2005—2018 yillarda 108 ta shahar va qishloq uchun batafsil rejalashtirish loyihalari (BRL)ni ishlab chiqish ko`zda tutilgan.
«O`zshaharsozlik LITI» va «Toshkentboshplan LITI» Davlat unitar korxonalari dasturga kiritilgan Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida batafsil rejalashtirish loyihalarining ishlab chiquvchilari etib tayinlandi.
Muhandis-geologik qidiruv ishlarini olib borish, topografik xaritalar hamda BRL ishlab chiqish uchun reja tuzish ishlari ijrosi «O`zGAShKLITI» Davlat unitar korxonasi tomonidan ta`minlanadi.
Aholi punktlari qismlarida batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish dasturi, muhandislik qidiruv ishlarini olib borish, shahar qurish hujjatlarini ekologik va davlat ekspertizasidan o`tkazish respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.