Seshanba kuni Turkiya janubidagi Ermenek shahrida joylashgan shaxtada falokat sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Falokat vaqtida shaxtada 40 nafar ishchi bo`lgan va ularning ko`pchiligi chiqishga muvaffaq bo`lishgan.
Mamlakat rahbari Tayip Erdo`g`on Karaman provinsiyasida sodir bo`lgan falokat sabab Respublika kuni munosabati bilan o`tkaziladigan tantanali qabul marosimini bekor qildi.
"Falokat sabab qabulni bekor qilamiz. Karamandagi voqealar rivojini kuzatib boryapmiz. Hali ham bizda ishchilarni qutqarish umidimiz bor”, - deb e`lon qildi Ergodan.
Ayni paytda 350 metr chuqurlikda 18 kishi qolmoqda, ularning taqdiri noma`lum. Shaxtaga kelib tushgan suvning og`irligi 11 ming tonnani tashkil etadi.
Turkiyada Respublika kuni 1923 yildan buyon nishonalnib keladi.





