AsosiyJamiyat

Bugun mamlakatimiz bo`ylab qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bugun mamlakatimiz bo`ylab qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma`lumotga ko`ra, 7 yanvar kuni mamlakat bo`ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga etib, yomg`ir yog`adi.

Farg`ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo`lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga etib, yomg`ir yog`ishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg`ir yog`ib, havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo`ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajagacha ko`tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga etib, yomg`ir yog`adi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -3...-2, kunduzi +3...+8 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etib, qor va yomg`ir yog`ishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -10...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo`ladi. -5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg`ir yog`adi.

    Boshqa yangiliklar