"GM Uzbekistan" AJ 2019 yilning 7 yanvaridan e`tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlik tarmoqlari faoliyatini odatiy tartibda davom ettirishini ma`lum qildi.
"2019 yilda kompaniya ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellar qatorini yangilash, ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, xaridorlariga yanada ko`proq qulayliklar yaratish sohasida oldiga yangidan-yangi rejalar qo`ygan va ularni amalga oshirish bo`yicha bor sa`y-harakatlarni amalga oshiradi", - deyiladi kompaniya xabarida.






