1

Amudaryo tumanida antiqa va yagona avtomobil yaratildi (foto)

Jamiyat 07.01.2019, 10:46
Teglar: Foto
Amudaryo tumanida antiqa va yagona avtomobil yaratildi (foto)

Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumani Mang`it shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Alisher Yuldashev eski «Zaporojes» avtomobilining korpusi asosida yangi avtomobil yig`ib chiqardi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

«Tiko»ning motorini, «Mazda»ning o`rindig`ini, «Malibu»ning ruli va orqa faralarini, «Kaptiva»ning old qoplamasi (oblisovka)ni «Zaporojes»ning korpusiga o`rnatib, antiqa avtomobil yaratgan ixtorochi-muallif unga «Yagona» deb nom qo`ygan.

"Yoshligimdan avtomashina yig`ishga qiziqaman va ancha vaqt shuni o`zimga kasb qilib kelganman. Shuning orqasidan pul topib, ro`zg`or tebratganman. 90-yillarda Nukus shahrida talabalik paytimda uylarning oldida qantarilib yotgan avtomobillarni ko`rib, uning egalari bilan gaplashib sotib olardim va ularga qayta ishlov berib sotardim. Hozirgacha davlat ishlaridan bo`sh paytimda darhol avtomashina yig`ishga kirishaman.

Antiqa avtomobil yaratish g`oyasi bundan 4 yil avval paydo bo`lgan. Bir kuni avtomobil yig`ayotgan paytimda yonimga qizcham (u vaqtda 5-sinfda edi) kelib, menga xushomad qilib: «dada, menga ham mashina olib bering. Faqat u mashina hech kimda yo`q, yagona bo`lsin» dedi. G`oyani aslida qizim bergan. Natijada, mana ko`rib turibsiz, «Yagona» «marka»li avtomobil dunyoga keldi. Xudo xoxlasa, kelgusi yilda qizim maktabni tugatadi. Ushbu antiqa avtomobilni qizimga sovg`a qilmoqchiman", - deydi A.Yuldashev

«Yagona» avtomobili 3 yilda dunyoga kelgan. Alisher Yakubovning ta`kidlashicha, u mablag` topgan paytlari bozordan avtomobillarning ehtiyot qismlarini sotib olib yurgan. Mazkur avtomobil uchun 50 mln. so`mdan ko`proq sarf xarajat qilgan.

Uning hovlisida yana «Moskvich 401» rusumli eski avtomashina ham bor ekan. Bu avtomashinani ham bir vaqtlari sotib olib, unga qayta ishlov bergan va ayni paytda motori yaxshi holatda ishlab tur.

Alisher Yakubov kelajakda shunday avtomobillardan muzey tashkil qilishni ham niyat qilmoqda.

photo5303088578588420724.jpg

photo5303493662723910007.jpg

photo5303088578588420727.jpg

photo5303493662723910009.jpg

photo5303088578588420725.jpg

photo5303493662723910014.jpg

photo5303493662723910015.jpg

photo5303493662723910016.jpg

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1