1

Mehmonxonalar qurish uchun investorlar xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Jamiyat 07.01.2019, 11:29
Mehmonxonalar qurish uchun investorlar xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

"Turizm tarmog`ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qaroriga binoan yangi quriladigan mehmonxonalar uchun davlat tomonidan pul mablag`i ajratiladi.

Qarorga ko`ra, 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo`lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam bo`lmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadi.

Bunda, investorlar xarajatlarining bir qismini davlat byudjetidan moliyalashtirish miqdori qo`shimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga etguniga qadar kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksasiya qilgan holda 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so`m, 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so`mni tashkil qiladi.

  • dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
  • dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida.

Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi ko`pi bilan 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1