1

57 foiz yigit badavlat oilaning qiziga uylanganda hayoti moddiy qiyinchiliksiz o`tadi deb hisoblar ekan

Jamiyat 07.01.2019, 11:52
57 foiz yigit badavlat oilaning qiziga uylanganda hayoti moddiy qiyinchiliksiz o`tadi deb hisoblar ekan

«Oila» ilmiy amaliy-tadqiqot markazi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tadqiqotda aniqlangan muammolar ichida aynan yigitlar va erkaklarga bog`liq bir qator jihatlar namoyon bo`ldi, deb xabar beradi markaz axborot xizmati.

Tadqiqot natijasiga ko`ra, ajralish holatlari ko`p bo`lgan viloyatlarda ajralish sabablari o`rganilganda, oiladagi doimiy janjal va mojarolar, er-xotin o`rtasida bir-birini tushunish va totuvlikning yo`qligi (22,5 foiz) asosiy sabablar sifatida ko`rsatildi. Ko`rinadiki, mustahkam oilani barpo etish har tomonlama teng barobarida ham erkakka, ham ayolga bog`liq jarayondir.

Markaz ma`lumotida yozilishicha, ajralishning sabablaridan yana biri alkogolizm (11,0 foiz foiz) ham ekanligi aniqlandi. Spirtli ichimliklarga alkogolizmga asosan erkaklar moyil bo`ladi. Oila boshlig`i bo`lgan erkaklarda iroda, sabr-toqat va mardlik kabi shaxsiy etuklik sifatlari tarbiyalanmaganidan alkogolizmga moyilliklari orta boradi.

400 ga yaqin uylanmagan yigitlar orasida yigitlarning oilaviy hayotga tayyorlik darajasini aniqlashga qaratilgan so`rovlar o`tkazilganda, 44 foiz respondentning tasavvurida oilada farzand tarbiyasiga faqatgina ayollar mas`ul, degan qarash borligi ma`lum bo`ldi. 57 foiz yigit «ota-onasi badavlat qizga uylangan yigitlarning hayoti moddiy qiyinchiliksiz o`tadi» kabi tasavvur va qaynota-qaynonaning kuyoviga bergan yoki qilgan moddiy ko`magiga ishonib qolish, oilani moddiy jihatdan mustaqil ta`minlashda mas`uliyat his etmaslik kabi xususiyatlar shakllanganligi aniqlandi.

«Oila» markazi yigitlarda bunday qarashning shakllanib borayotganligi kelajakda katta oilaviy muammolarga sabab bo`lishi mumkinligidan xavotirda. Chunki, erkak kishining eng katta burchi o`z qaramog`idagilarning o`zgalarga qaram bo`lib qolishiga yo`l qo`ymasligidir. Oilada erkaklarning asosiy vazifasi oilani iqtisodiy jihatdan mustaqil ta`minlay olishidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1