1

​Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi

Jamiyat 07.01.2019, 13:57
​Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ-4096, 06.01.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram-kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq Odil sudlov muammolarini o`rganish tadiqot instituti negizida Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi.

Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlovchi sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi muassasa hisoblanadi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 yil o`quv yilidan boshlab sudyalik lavozimi zaxirasida bo`lgan shaxslar orasidan Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud tomonidan belgilanadigan kvotalar asosida amalga oshiriladi.

Kurslarga qabul qilingan nomzodlar ish joyi bo`yicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq u egallab turgan lavozim o`qish davrida saqlanadi, bu davrda unga stipendiya to`lanadi.

2020 yil 1 sentyabrdan sudyalik lavozimlariga faqat Sudyalar oliy maktabida tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar tayinlanadi.

Tayyorlash kurslari dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar stipendiya summasini to`liq qoplab beradi.

Sudyalarni lavozimga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 o`quv yili tugagunga qadar saqlab qolinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1