1

O`zbekistondagi barcha bog`chalarga rivojlantiruvchi materiallar bepul tarqatiladi

Jamiyat 07.01.2019, 14:11
O`zbekistondagi barcha bog`chalarga rivojlantiruvchi materiallar bepul tarqatiladi

O`zbekiston maktabgacha ta`lim tizimi tarixida ilk bor respublikadagi barcha maktabgacha ta`lim muassasalariga rivojlantiruvchi bosma materiallar bepul taqdim etiladi, deb xabar berdi Maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot xizmati.

O`quv-uslubiy to`plam tarkibiga husnixat daftarlari, mavzuga oid rejalashtirish bo`yicha jurnallar, bolalarning turli yoshdagi guruhlari uchun kartochka va plakatlar kiradi.

2018 yil dekabr oyi oxirida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi poytaxtimiz va boshqa hududlardagi maktabgacha ta`lim muassasalarini o`zbek va rus tillaridagi bepul bosma materiallari bilan ta`minlash bo`yicha keng ko`lamli dasturni boshladi. Loyihaga jalb etilgan investisiyalar miqdori 8 mlrd. so`mni tashkil etdi. 2019 yilning yanvar oyi yakuniga qadar maktabgacha ta`lim muassasalariga 270 mingta husnixat uchun daftarlar, 18 mingta kartochkalar to`plamlari, 10 mingta plakatlar to`plami etkazib beriladi. Tarbiyachilarga bolalar bilan mashg`ulotlarni tashkil etishi uchun mavzuga oid rejalashtirish bo`yicha jurnallar taqdim etiladi.

«Ishlab chiqarilgan bosma mahsulot respublikaning barcha maktabgacha ta`lim muassasalariga etkazib beriladi. Kartochkalarning bir to`plami mebel, kiyim-bosh, hayvonot olami, transport, sabzavotlar, bo`g`inlar, raqamlar va boshqa turli mavzulardagi 27ta kichik to`plamlardan iborat. O`xshash tartibda plakatlar to`plami ham yig`ilgan bo`lib, u cholg`u asboblari, yo`l harakati qoidalari, kasblar, yil fasllari kabi va boshqamavzuga oid 20ta plakatlar to`plamini o`z ichiga oladi. Respublikaning har bir maktabgacha ta`lim muassasasiga uning kattaligiga bog`liq holda 1 dan 3 tagacha to`plamlar ajratib beriladi, bu esa guruhlar o`rtasida kichik to`plamlarning vaqti-vaqti bilan almashinishi sharti bilan 100 foiz bolalarni rivojlantiruvchi bosma mahsulot bilan ta`minlab beradi. Maktabgacha ta`lim muassasasining har bir 6 yoshli tarbiyalanuvchisi husnixatga ega bo`ladi. Maktabgacha ta`lim vazirligi ta`kidlashicha, ota-onalar shuni yodda tutishi kerakki, barcha materiallar bepul asosda taqdim etiladi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ma`muriyati tomonidan suiiste`mollik holatlariga yo`l qo`yilgan holda, bu haqda quyidagi telefon raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz: +99871 215-52-79», — deydi Maktabgacha ta`lim vazirligi Sifat nazorati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Vitaliy Kim.

Birinchi navbatda, respublikaning qishloq hududlaridagi maktabgacha ta`lim muassasalari bosma materiallar bilan ta`minlanib, ushbu holat ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash imkonini beradi. Viloyatlardagi maktabgacha ta`lim muassasalariga husnixatlarning 83 foizi, plakatlarning 90 foizi va rivojlantiruvchi kartochkalarning 89 foizi etkazib beriladi. Qo`llanmalar mayda motorikani, e`tiborni, fikrlash va tasavvur etishni rivojlantirish uchun mo`ljallangan vazifalardan, shuningdek, bolaning qo`lini xatga tayyorlovchi an`anaviy mashqlardan va mantiqiy vazifalardan iborat. O`zbek, rus va ingliz tillaridagi rang-barang kartochkalar bilish jarayonlarini faollashtirishga hamda bardosh, toqat, yuqori natijalarga erishishga intilish hissiyotlarini kuchaytirishga yordam beradi.

Kelgusi yilda maktabgacha ta`lim muassasalari uchun bosma mahsulot va o`yinchoqlarni ishlab chiqarishga 25 mlrd. so`m yo`naltirish rejalashtirilmoqda.

Har bir maktabgacha ta`lim muassasasi rivojlantiruvchi to`plamlarni olish jarayoni va tasdig`ini Maktabgacha ta`lim vazirligining www.mdo.uz rasmiy sayti orqali tekshirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1