1

Yakkabog`da 83 yoshli piyodaning umriga zomin bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

Jamiyat 07.01.2019, 15:19
Yakkabog`da 83 yoshli piyodaning umriga zomin bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida 2019 yil 6 yanvar kuni taxminan soat 19-20 oralig`ida noma`lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan kul rangli "Neksiya" rusumli avtomashinani "Esat-Tanxoz" yo`lining 26-km.da. haydab ketayotib, piyoda, Yangiobod MFYda yashagan 83 yoshli X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar orangizda ushbu holatga guvoh bo`lganlar, haydovchi va avtomashina haqida biron-bir ma`lumotga ega insonlar bo`lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga murojaat qilishingizni yoki "102" telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar berishingizni so`raymiz", - deyilgan IIV xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1