1

Harbiylar Jaloliddin Manguberdining chingiziylarga qarshi jangini ochiq osmon ostida sahnalashtirdi (foto)

Jamiyat 07.01.2019, 15:29
Harbiylar Jaloliddin Manguberdining chingiziylarga qarshi jangini ochiq osmon ostida sahnalashtirdi (foto)

Jizzax viloyatida joylashgan «Gandumtosh» qishlog`ida «Mardlar qo`riqlaydi Vatanni!» shiori ostida festival bo`lib o`tdi. 10 mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan festival doirasida Xorazmshohlarning so`nggi sultoni Jaloliddin Manguberdining Chingizxonga qarshi o`tkazgan janglaridan parchalar sahnalashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi, Jizzax viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Mudofaaga ko`maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festivalda Vatan himoyasi yo`lida ajdodlarimizning mardonavor kurashi moziyga sayohat ruhida ko`rgazmali tarzda ochib berildi.

Zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslahalar namoyishi, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining konsert dasturi, «Temuriylar izdoshi» maktab tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar, kinologiya va kavaleriya qo`shinlarining ko`rgazmali chiqishlari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otdi.

Festival davomida milliy sport o`yinlaridan biri ko`pkari ham tashkil etildi. Faol ishtirok etgan chavandozlar munosib rag`batlantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1