1

Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar "Vaqf" fondi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga tayyor

Jamiyat 07.01.2019, 15:32
Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar "Vaqf" fondi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga tayyor

"Vaqf" fondi rahbari Iskandar Xalilov Saudiya Arabistonidagi taniqli vatandosh Abu Yosir al-Buxoriy bilan uchrashdi.

Muloqotda fond rahbari so`nggi ikki yilda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan diniy qadriyatlarini asrab-avaylash va targ`ib etish borasida katta ishlar amalga oshirilgani, Islom sivilizasiyasi markazi, Xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etilgani, diniy ta`lim olish imkoniyati kengaygani va mo`min-musulmonlarga qulay sharoitlar tashkil etilgani haqida gapirib berdi.

Jumladan, davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Vaqf” xayriya jamoat fondining o`tgan qisqa davrdagi xayriya ishlari va istiqboldagi loyihalari haqida batafsil ma`lumot berdi.

"Abu Yosir al-Buxoriy Saudiya Arabistonida yashaydigan o`zbek vatandoshlar so`nggi vaqtlarda yurtda bo`layotgan ijobiy o`zgarishlardan juda ham mamnun ekanlari, doimo xayrixohlik bildirib kelishlarini, “Vaqf” fondining faoliyatini o`zbek vatandoshlar qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi", deya xabar beradi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1