1

140 ga yaqin davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin

Jamiyat 07.01.2019, 15:41
140 ga yaqin davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin

O`tgan yil mobaynida aholiga 6 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatildi. Ko`rsatgich hayratga soluvchi, albatta, ammo xizmatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda olganlar bor yo`g`i 21 % dan ortig`ini (1 369 330 xizmat) tashkil etdi. Tan olish kerak, internetdan foydalanuvchi aholi soni 60 % dan oshiq( 20 millionga yaqin)ni tashkil etuvchi mamlakat uchun ushbu ko`rsatgichni yuqori deb bo`lmaydi.

Shu bois, biz yana bir marotaba eslatib o`tamiz, bugungi kunda barcha faoliyat turlarini, ijtimoiy sohadan tortib, to tadbirkorlik faoliyatigacha, o`z ichiga qamrab olgan 140 ga yaqin davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin.

Elektron xizmatlar — oson va qulay. Qimmatli vaqtingizni yo`l va navbatlarga ketkazishingizga hojat bo`lmaydi. Davlat bojlarini esa endilikda “Payme” va “Upay” kabi to`lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida, tez orada “Click” tizimi ham ishga tushiriladi.

Zarur bo`lgan davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish uchun siz eng yaqin joylashgan Davlat xizmatlari markazidan elektron raqamli imzo (ERI) olishingiz kerak bo`ladi. Ushbu imzo xizmatdan foydalangangizda shaxsingizni tasdiqlash uchun lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda bir qator xizmatlarni olish uchun ERI ham talab etilmaydi. Masalan, STIR raqamingizni aniqlash xizmati. O`tgan yil mobaynida Davlat xizmatlari markazlariga 521 950 bunday murojaat kelib tushdi, bundan 21 540 nafar fuqarogina o`z STIR raqamini onlayn shaklda bilib olishdi.

Do`stlar! Biz davlat xizmatlarini olish jarayonlarini sizlar uchun oson bo`lishini ta`minlashga intilamiz. Biz sizlar uchun har doim ochiqmiz va barcha savollaringizga javob berishga tayyormiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1