1

Toshkentda bedarak yo`qolgan yigit sog`-omon uyiga qaytarildi

Jamiyat 07.01.2019, 15:53
Toshkentda bedarak yo`qolgan yigit sog`-omon uyiga qaytarildi

2018 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Lola ko`chasida yashovchi S.K. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, 2018 yil 26 dekabr kuni birga yashovchi o`g`li 27 yoshli F.K. “Spark” rusumli avtomashinani Chilonzor 7-dahadan noma`lum tomonga haydab ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida F.K. Toshkent viloyati hududidan sog`-salomat topilib, uyiga qaytarilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1