AsosiyJamiyat

"Aviasozlar" bozori o`rnida yangi savdo majmuasi quriladi

'"Aviasozlar" bozori o`rnida yangi savdo majmuasi quriladi 'ning rasmi

Toshkentdagi "Aviasizlar" dehqon bozori (sobiq Kadsheva) o`rniga yangi majmua – savdo va maishiy xizmat markazi hamda parkovka quriladi, deyilgan O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida.

Ushbu loyihani amalga oshirish bilan Auto Solution MChJ shug`ullanadi. Uning umumiy qiymati 380 mlrd. so`m bo`lib, shundan 100 mln. AQSh dollari xorij investisiyasi hisobiga to`g`ri keladi.

Mazkur SMM Toshkentda chet eli sarmoyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar ro`yxatiga kiritilgan. Undan jami bo`lib 57 ta loyiha joy olgan. Yangi uy-joylar, mehmonxonalar, savdo majmualari, korxonalar qurish shular jumlasidandir.

Savdo-maishiy markaz eng qimmat loyihalardan biri sanaladi.

    Boshqa yangiliklar