AsosiyJamiyat

Davlat bojxona qo`mitasi ishga taklif etmoqda

'Davlat bojxona qo`mitasi ishga taklif etmoqda'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi prezidentining “Bojxona ma`muriyatchiligini takomillashtirish va O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, Toshkent hududidagi bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklarasiyasini to`ldirish bo`yicha bepul asosda xizmat ko`rsatuvchi «front-ofis»ga ishga taklif etmoqda.

«Front-ofis»ga nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi.

Tanlovdan o`tgan nomzodlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi hamda ularga ishbay asnoda ish haqi to`lanadi.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:

- O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lishi;

- o`rta maxsus yoxud oliy ta`lim muassasalarining diplomiga ega bo`lishi;

- bojxona qonunchiligiga oid bilimlarga va ularni amaliyotga qo`llash, shuningdek, tashkiliy texnikalar (kompyuter, skaner, printer

va boshqalar) bilan ishlash ko`nikmalariga ega bo`lishi;

- yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo`lishi;

- bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan salbiy asoslar bilan bo`shatilmagan bo`lishi kerak.

Talab etiladigan hujjatlar:

1) fuqarolik pasport nusxasi;

2) 086/u shakldagi tibbiy ma`lumotnoma;

3) narkologiya va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan ma`lumotnoma;

4) oxirgi ish joyidan tavsifnoma hamda ma`lumoti to`g`risida diplom.

Murojaat uchun manzillar:

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi: Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko`chasi 35, tel.: 71-120-76-76;

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo`li ko`chasi 90-uy, tel.: 71-120-86-10;

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi: Toshkent shahri, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, tel.: 71-120-86-30.

    Boshqa yangiliklar