AsosiyJamiyat

Bojxonachilar yashirin tarzda olib kirilayotgan 5 milliard so`mlik televizorlarni aniqlashdi

'Bojxonachilar yashirin tarzda olib kirilayotgan 5 milliard so`mlik televizorlarni aniqlashdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdorda televizorlarni yashirin tarzda olib kirilayotgani fosh etildi.

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga jo`natilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga ko`ra, 389 o`rinda qiymati 5422 AQSh dollariga teng bo`lgan «Sintetik ip» tovarlari bo`lishi kerak edi.

Biroq konteynerlar bojxona ko`rigidan o`tkazilganda unda hujjatlarda ko`rsatilmagan qiymati 5 milliard so`mlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar