1

Robotlar Ebola virusi tarqalishi oldini olishda yordam berishi mumkin

Salomatlik 30.10.2014, 14:38
Robotlar Ebola virusi tarqalishi oldini olishda yordam berishi mumkin

AQShdagi robototexnika bo`yicha mutaxassislar robotlar Ebola bezgagi virusi epidemiyasini to`xtatib qolishga yordam berishi mumkin deb hisoblashmoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz.

Bir qator insoniy xatti-harakatlarni bajara oladigan robotlar axlat va chiqindilarni yo`q qilish hamda jasadlarni ko`mish ishlarida foyda berishi mumkin.

Oq uy ko`magida 7 noyabr kuni bo`lib o`tadigan olimlarning bir necha uchrashuvlarida Ebola virusiga qarshi kurashda robotlardan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilish ko`zda tutilgan.

Bir qator olimlarning fikricha, tibbiyot sohasidagi robototexnikalar taraqqiyoti, masalan, mobil texnologiyalar taraqqiyotidan ancha ortda qolgan.

«Biz bu kurashda yordam berishi mumkin bo`lgan texnologiyalarni tanlash, moslashtirish va qo`llash uchun ma`naviy majburiyat oldik, biroq boshlanishiga muammoning qanchalik murakkab ekanligini ham baholab olishimiz kerak», – dedi AQSh mudofaa vazirligi huzuridagi istiqbolli tadqiqotlar federal dasturi boshlig`i.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1