Londondagi The Georgian House otel-butigi o`z mijozlariga sehrgar Garri Potter haqidagi filmlar uslubida jihozlangan xonalarga joylashishni taklif qilmoqda, deya xabar bermoqda THR deb yozmoqda kun.uz.
«Sehrgar uychalari»da guldor qimmatbaho chodirli krovatlar hamda «sehrli damlamalar» va «jodugar dekchalari» bilan to`ldirilgan tokchalar bor. Mehmonxona egalari o`z mijozlariga boshqa «sehrli sovg`alar»ni ham va`da qilishmoqda.
Bu maxsus xonalarning har biri ikki kishiga mo`ljallangan. Xizmat haqi «Maggl nonushtasi» (an`anaviy britancha nonushta) va yozuvchi Joan Roulingning mashhur kitoblar seriyasi asosida Garri Potter haqidagi filmlar suratga olingan Warner Brothers studiyasiga sayohatni ham o`z ichiga oladi.





