Italiya poytaxti Rimda Yangi yil bayramidan so`ng chiqindilar bilan bog`liq muammo yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.
Rodjestvo hamda Yangi yil bayramlari o`tgach, poytaxt ko`chalarida to`kindi miqdori keskin ortib ketgan. Chiqindilar ko`p tashlangani hamda kommunal xizmat xodimlarining bir necha kun davomida dam olgani bunga sabab bo`ldi. Ushbu holat tufayli ta`lim muassasalari o`quvchilarni vaqtinchalik qabul qilolmasligini ma`lum qilgan. Shahar hokimiyati mazkur muammoni tez orada hal qilishga va`da berdi.






