AsosiyDunyo

“Oltin globus” o`z egalariga topshirildi

'“Oltin globus” o`z egalariga topshirildi 'ning rasmi

AQShning Los-Anjeles shahrida “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deya ma`lum qildi TASS nashri.

Taqdirlash natijalariga ko`ra, amerikalik kinorejissyor Brayan Singerning “Bogema rapsodiyasi” kartinasi 2018 yilning eng yaxshi dramatik filmi, deya qayd etildi.

Eng yaxshi dramatik aktyor nominasiyasida esa Rami Malek g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Ayol aktrisalar orasida Glenn Klouz “Oltin globus” mukofotiga loyiq deb topilgan.

Shuningdek, eng yaxshi komedik film, animasion film, eng yaxshi xorij filmi nominasiyalari bo`yicha ham nufuzli “Oltin globus” mukofoti o`z egalariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar