1

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi Misrga jo`nab ketdi

Jamiyat 08.01.2019, 15:10
O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi Misrga jo`nab ketdi

O`zbekiston delegasiyasi tarkibida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 8 yanvar kuni Misr Arab Respublikasiga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida O`zbekiston delegasiyasi Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o`tkazishga oid diniy-ma`rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O`zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o`rtasida hamkorlik qilish to`g`risidagi «Yo`l xaritasi»ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.

O`zbekiston delegasiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimotlar o`tkazishi mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1