1

Tijorat banklarida iste`molchilar huquqlari buzilgani aniqlandi

Jamiyat 08.01.2019, 15:30
Tijorat banklarida iste`molchilar huquqlari buzilgani aniqlandi

O`zbekiston Markaziy banki Respublikadagi tijorat banklari hamda ularning mijozlari orasida tuzilgan shartnomalarni o`rganib chiqib, u erda bir qator huquqbuzarliklar mavjudligini aniqladi, deb xabar qilmolqda MB matbuot xizmati.

Xususan, banklar va mijozlar orasida tuzilgan shartnomalarda ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo`yicha foiz stavkalarini, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o`zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlangan.

"Markaziy bank ushbu holatlarni - iste`molchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblaydi va barcha tijorat banklariga maxsus xat orqali ushbu qonunbuzarlikning oldini olishga qaratilgan ko`rsatmalar tarqatildi", - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga MB O`zbekiston fuqarolari va tadbirkorlik sub`ektlariga murojaat qilib, yuqorida keltirilgan qonunbuzarlik holatlariga duch kelganda, bevosita tijorat banki yoki Markaziy bankining Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilish mumkinligini xabar qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1