AsosiyJamiyat

Eng qimmat qo`y go`shti Toshkentda, eng arzoni esa Jizzaxda

'Eng qimmat qo`y go`shti Toshkentda, eng arzoni esa Jizzaxda'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi mamlakatning viloyat markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to`g`risida ma`lumot berdi.

Taqdim etilgan ro`yxatga ko`ra, O`zbekiston bozorlarida 1 kilogramm qo`y go`shtining narxi 28 000 so`mdan (Jizzax) 46 600 so`mgacha (Toshkent) bo`lgan narxni tashkil etmoqda.

Shuningdek, sabzavotlar, tuxum, guruch, yog` va shakarning ham minimal-maksimal narxlari taqdim etilgan.

Qayd etib o`tamiz, ro`yxatdagi ma`lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga taqdim etilgan.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste`mol narxlari ma`lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

    Boshqa yangiliklar