AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak o`z ko`shnisini o`lgunicha do`pposladi

'Toshkentda erkak o`z ko`shnisini o`lgunicha do`pposladi'ning rasmi

2019 yil 5 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G.D. mast holda qo`shnisi M.P.ning uyida u bilan o`zaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada M.P. olgan jarohati bo`yicha hech qaerga murojaat qilmay, 7 yanvar kuni uyida vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, G.D. qo`lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar