1

Toshkentdagi uch pog`onali yo`l o`tkazgichi qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 09.01.2019, 09:49
Toshkentdagi uch pog`onali yo`l o`tkazgichi qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

Toshkent shahrining Ohangaron va Parkent ko`chalari kesishmasida shu kungacha xali qo`llanilmagan 3 qavatli yo`l o`tkazgichni qurish jarayoni qizg`in davom etmoqda. U 2019 yil so`ngida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunyodkorlik ishlarining bosh rejasi «Boshtransloyiha» AJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko`ra, dastlab umumiy uzunligi 484, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi. Mazkur inshootning balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo`lib, har ikki yo`nalishda 3 ta avtomobil yo`lagi barpo etiladi.

Shuningdek, bu erda loyiha doirasida yoritish tizimi, suv chiqarish ariqchalari quriladi. Ikkinchi bosqichda er sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yo`l o`tkazgich qurish ishlari olib boriladi.

Eng asosiysi, ushbu hududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko`chalarini bog`lovchi ulkan yo`l o`tkazgich tiklashnishi ham rejalashtirilgan. Mazkur inshoot Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo`stonliq tumanlari tomon harakatlanuvchi avtomobillar boshqaruvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi.

Xususan, mazkur hududlarga eltuvchi zamonaviy magistral bunyod etiladi. Natijada ushbu hududlargacha bo`lgan masofa deyarli 20 km.ga qisqaradi. Yirik yo`l o`tkazgichning umumiy uzunligi 618, kengligi 30 metrni tashkil etadi va 6 ta avtomobil yo`laklariga mo`jallangan bo`ladi.

Hozirda «O`zbekiston temir yo`llari» AJga qarashli «Ko`prikqurilish» tresti unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tunnel qazish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar loyihaga qiritilgan barcha inshootlarni to`la qurib bitirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1