AsosiyDunyo

Jahon banki prezidenti iste`foga chiqadi

'Jahon banki prezidenti iste`foga chiqadi 'ning rasmi

Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim 1 fevraldan iste`foga ketishga qaror qilganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.

Bankning rasmiy saytida xabar qilinishicha, uning vazifasini bankning bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva vaqtinchalik bajaradi. Xabarda Kimning yangi ish joyi ma`lum qilinmagan, biroq ta`kidlanishicha, u iste`foga ketgach, rivojlanayotgan davlatlar infratuzilmasiga investisiyalar qilish bilan shug`ullanuvchi kompaniyada faoliyat yuritadi. 6 yildan buyon Jahon bankini boshqarib kelayotgan Kimning vakolati 2022 yilda tugashi kerak edi. Biroq u o`z xohishiga binoan iste`foga chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar