Janubiy Koreyaning Kanvondo provinsiyasida xalqaro baliq ovlash festivali boshlandi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
Qoidalarga ko`ra, qatnashchilar muzlagan ko`ldan baliqlarni qo`l bilan tutishlari lozim. Aynan mazkur festivalda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga minglab sayyohlar kelishadi. Havo sovuq bo`lishiga qaramay, tadbirning birinchi kunida 140 mingdan ziyod odam ko`l atrofiga yig`ilgan. Ularning aksariyati AQSh, Xitoy va Evropa mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu festival 27 yanvarga qadar davom etadi.






