1

O`zbekistonda "Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat" tanlovi o`tkaziladi

Jamiyat 09.01.2019, 17:03
O`zbekistonda "Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat" tanlovi o`tkaziladi

Adliya vaziri buyrug`i bilan “Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat” respublika tanlovini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.Nizomga muvofiq, tanlov Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va o`tkaziladi.

Tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar barcha tijorat tashkilotlarining yuridik xizmatlari hamda oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan, ish staji va lavozimidan qat`i nazar yuridik xizmat xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limidan xabar qilishlaricha, tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilish 2019 yil 15 yanvardan 15 fevralga qadar davom etadi.

Hujjatlar 2019 yil 20 fevraldan 30 martgacha ko`rib chiqiladi.

Nizomga binoan tanlovni o`tkazishda yakunlangan yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi. Bunda ishtirokchilar tegishli anketada ko`rsatib o`tilgan 10 ta yo`nalish bo`yicha qilingan ishlarni yurist@adliya.uz elektron pochtasiga yuboradi.

Ishtirokchilar faoliyati shu asosda tahlil qilinib, har bir yo`nalish bo`yicha 10 balldan – jami 100 ballgacha baholanadi. Eng yuqori ball to`plagan 7 ta yuridik xizmat keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo`lga kiritadi.

Shunga ko`ra, navbatdagi bosqichda yuridik xizmat rahbarlari hakamlar hay`ati tomonidan suhbatdan o`tkazilib, eng yaxshi 3 ta yuridik xizmat aniqlanadi.

Tanlov g`oliblari “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida taqdirlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1