1

AQShda ishlagan o`zbekistonlik yana bir mutaxassis Moliya vaziriga o`rinbosar bo`ldi

Jamiyat 09.01.2019, 23:55
AQShda ishlagan o`zbekistonlik yana bir mutaxassis Moliya vaziriga o`rinbosar bo`ldi

O`zbekiston prezidentining 7 yanvardagi qaroriga asosan Golib Ablaqulovich Xoljigitov O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Golib Xoljigitov 1979 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan.

2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori.

2016-2018 yillarda UBS Global Wealth Management korporasiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo`yicha loyihalar menejeri (AQSh).

2018 yildan hozirgi kungacha Golib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporasiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo`yicha loyihalar menejeri (AQSh) lavozimida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1