1

Farg`onada yirik yong`in yuz berdi. Uy egasi o`g`lining kuygan holdagi jasadi topildi

Jamiyat 10.01.2019, 00:26
Farg`onada yirik yong`in yuz berdi. Uy egasi o`g`lining kuygan holdagi jasadi topildi

9 yanvar kuni Farg`ona viloyatining So`x tumanida Chashma qishlog`i So`x ko`chasida yashovchi fuqaro O`.A.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Davlat yong`in xavfsizligi xizmati xabariga ko`ra, tunda sodir bo`lgan yong`in oqibatida uy egasining o`g`lining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong`inga uchta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong`in o`chiruvchilar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in bartaraf etilgan. Yong`inda 180 kv.metr maydonda uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`indan uyning 220 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong`in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1