Germaniyada yuzlab siyosatchilarning akkauntlarini buzib kirgan xakerning shaxsi aniqlandi, deya xabar qildi TASS nashri.
Jamoat arboblari va siyosatchilarga qarshi kiberhujumlarni amalga oshirgan shaxs 20 yoshli yigit bo`lib, u o`z aybini tan olgan. U tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo`ldi va o`z qilmishi sabablarini tushuntirmoqda. Yigit so`roqdan so`ng ozod qilingan. Polisiya uni sudgacha qamoqda saqlashga xojat yo`q, deb hisoblamoqda. Germaniya ichki ishlar vaziri o`tkazgan matbuot anjumanida internet xavfsizligi to`g`risidagi qonunni yanada takomillashtirish kerkligi ta`kidlandi.






