1

Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Jamiyat 10.01.2019, 09:44
Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar to`g`risidagi;
  • Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik liseylar to`g`risidagi;
  • Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san`at maktablari hamda maktab-internatlar to`g`risidagi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul kvotalarijoylardagi ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud kasblarga bo`lgan ehtiyoj va talablar asosida, shuningdek, o`quvchilarning va ota-onalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.

Mazkur ta`lim muassasalarida o`qish o`zbek, qoraqalpoq va rus tilida olib boriladi.

Sinflardagi o`quvchilar soni 25–30 nafarni tashkil qilib, mutaxassislik fanlardan amaliy mashg`ulotlari kichik guruhlarga bo`lingan holda hamda yakka (individual) tartibda tashkil etiladi.

Nizom bilan ushbu ta`lim muassasalariga o`quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi.

Shunga ko`ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kirish uchun hujjatlar har yili 1–30 iyun kunlari qabul qilinadi.

Ijodiy sinovlar esa har yili 15–30 iyul kunlari oralig`ida o`tkaziladi.

Nufuzli xalqaro (I, II, III o`rinlar) va respublika (I o`rin) miqyosidagi tanlovlar g`oliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda o`qishga qabul qilinadi.

Mazkur o`quv dargohlari bitiruvchilariga o`rta maxsus ma`lumotto`g`risida diplom beriladi va ushbu hujjat bitiruvchilarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi eng kam oylik ish haqining bir baravarinitashkil etadi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik liseylar, shuningdek Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san`at maktablari hamda maktab-internatlarga o`quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1