1

FVV: «Qamchiq» dovonida tirbandliklar yuzaga kelganligi to`g`risidagi xabarlar asossiz

Jamiyat 10.01.2019, 10:45
FVV: «Qamchiq» dovonida tirbandliklar yuzaga kelganligi to`g`risidagi xabarlar asossiz

FVV ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida qor yog`ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to`g`risida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma`lumot berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida qor yog`ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to`g`risida asossiz ma`lumotlar tarqaldi. Ushbu ma`lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma`lum qilamiz:

A-373 «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog`ishi kuzatilgan va o`rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo`lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan», - deyilgan FVV xabarida.

«O`zgidromet» xizmati tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 10 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1