1

Mahallalarda "Huquqiy axborot kuni" tashkil etiladi

Jamiyat 10.01.2019, 11:08
Mahallalarda "Huquqiy axborot kuni" tashkil etiladi

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish «shaxs – oila ‒ mahalla ‒ ta`lim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat» prinsipi bo`yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 1 yanvargacha qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi hamda qo`shimcha huquqiy ma`lumotlar etkazish tizimini o`z ichiga oladigan O`zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali, shuningdek 2019 yil 1 iyulgacha aholiga bepul maslahat berish portalini o`z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi.

«Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi» ko`krak nishoni ta`sis etilib, ko`krak nishoni bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qo`shgan shaxslar taqdirlanadi.

Farmonga ko`ra, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya doirasida bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi.

Portal quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • Konstitusiyani o`rgatishga doir ilk tushunchalar;
  • kundalik hayotda qo`llashga mo`ljallangan boshlang`ich huquqiy bilimlar;
  • huquqiy o`yinlar, mashg`ulotlar va dasturlar bo`yicha uslubiy qo`llanmalar.

Oilada huquqiy savodxonlikni oshiradigan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o`rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo`llanma bepul tarqatiladi.

Mahallalarda «Huquqiy axborot kuni» tashkil etiladi.

«O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o`rganish» va «Inson huquqlarini o`rganish»maxsus o`quv kurslarini barcha ta`lim turlari bo`yicha o`rgatish joriy etiladi.

Yoshlarga orasida «Street law» (Ko`cha huquqi) loyihasini joriy qilish uchun huquqshunos talabalar, yuridik kollejlar o`quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko`ngillilar guruhi shakllantiriladi.

Yoshdan kelib chiqib huquqiy savodxonlikning minimal talablari tasdiqlanadi.

Aholini qiziqtirgan huquqiy mavzular yuzasidan «So`rov bo`yicha huquqiy targ`ibot» loyihasi amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1