1

Davlat xizmatlari ko`rsatishning 8 tamoyili

Jamiyat 10.01.2019, 12:18
Davlat xizmatlari ko`rsatishning 8 tamoyili

Davlat xizmatlari agentligi xabar berishicha, ular quyidagilar:

1. Murojaatchi - doimo haqdir.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari har doim murojaatchining savolini to`g`ri shakllantirishda yordam beradi va unga malakali javob qaytaradi.

2. Davlat xizmatini ko`rsatishda eng muhimi – professionallik.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko`rsatadi. Ular o`z ishlarini bilishadi, hujjatlar bilan e`tiborli va aniqlik bilan ishlashadi, shuningdek mijozlarga bajonidil maslahatlar berishadi.

3. Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish.

“Har bir murojaatchi va uning talablari o`ziga xosdir” degan tushuncha bilan murojaatchilarni tinglaydi, tushunib eshitadi va ularga yordam beradi. Chunki, har qanday qonun-hujjatlar insonlar muammolarining barcha qirralarini qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, xodimning vazifasi – har bir mijozning holatiga kira bilishdir.

4. Murojaatchining vaqtini tejash.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining vazifasi – murojaatchilarning vaqtini tejash, so`rovlarini samarali qondirish hamda ortiqcha ovoragarchiliklardan xolos etishdan ibratdir.

5. Ochiqlik va qulaylik.

Davlat xizmatlari markazlari – tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy arxitektura talablariga javob beradigan qulay sharoitlarga ega makondir, shuningdek tegishli davlat xizmatlarini olmoqchi bo`lgan har qanday fuqaro ushbu makonga tashrif buyurishi mumkin.

6. Xushmuomala va samimiylik.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari har bir fuqaroni aziz mehmondek, ularni hush muomala, samimiy, tabassum va hush kayfiyatda kutib olishadi.

7. Davlat xizmatini ko`rsatish uchun shaxsan javobgarlik.

Davlat xizmatlarini ko`rsatish – xizmat ko`rsatish muddatlari buzilmagan holda talab etilgan ma`lumotlarni murojaatchiga taqdim etgan taqdirdagina yakunlangan hisoblanadi. Har bir tashrif buyuruvchi xodimlarni amalga oshirgan ishlarini ushbu qat`iy mezonlar bo`yicha baholaydi.

8. Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.

Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi mamlakatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug`vor g`oyasini so`zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Shu sababli, davlat xizmatlarini ko`rsatish – ular uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko`rsatish jarayonida mazkur tamoyillarga amal qilinmaslik holatlariga duch kelsangiz, 1148 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so`raymiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1