1

"Poytaxt bank" o`z faoliyatini boshladi

Jamiyat 10.01.2019, 15:22
"Poytaxt bank" o`z faoliyatini boshladi

Toshkent shahrida yangi "Poytaxt bank" o`z faoliyatini boshladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan. Endilikda bu erda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat ko`rsatadi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, bank to`liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yo`lga qo`yilganligi. Unga ko`ra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, xizmat ko`rsatuvchi bankomatlar haftaning har kuni 24 soat davomida faoliyat olib boradi hamda bank tariflari bo`yicha ham mijozlarga ko`plab qulayliklar mavjud.

Yangi bank Toshkentda ko`p qavatli uylarni qurish va ta`mirlash bilan shug`ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko`rsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko`zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investision faoliyatni olib boradi.

Ma`lumot uchun: Bank raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining oldingi binosida joylashgan (Chilonzor tumani, Islom Karimov ko`chasi, 55 uy).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1