1

O`zbekiston "The best countries for business" reytingida 105 o`rinni egalladi

Jamiyat 10.01.2019, 16:05
O`zbekiston "The best countries for business" reytingida 105 o`rinni egalladi

O`zbekiston Forbes jurnalining "Biznes uchun eng yaxshi mamlakatlar" (The best countries for business) reytinggida 105 o`rinni egalladi. Ushbu reyting mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi o`sish ko`rsatkichi, savdo balansi hamda aholi soni asosida tuzilgan.

Reytingning birinchi o`rnidan Buyuk Britaniya joy egallagan bo`lib, kuchli o`ntalikka Shveysariya yakun yasab bergan.

Shuningdek, O`zbekistonning asosiy savdo hamkori hisoblangan Xitoy reytingning 49 o`rnidan joy egallagan bo`lsa, Rossiya ushbu reytingda 55 o`rnida qayd etgan.

Ushbu reytingda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari: Qozog`iston 65-o`rin, Qirg`iziston 108-o`rin va Tojikiston 124-o`rindan joy egallashgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston o`tgan yili e`lon qilingan Jahon banki Guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo`yicha "Biznesni yuritish – 2019" (Doing Business 2019) reytingida 74-o`rindan 76-o`ringa pastlagan.

Mazkur jahon reytingida Yangi Zelandiya yana birinchi o`rinni egallagan, Singapur, Daniya, Gongkong (Xitoy), Koreya Respublikasi, Gruziya, Norvegiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Makedoniya kabi mamlakatlar esa keyingi pog`onadan joy olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1