2014 yilning 30 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Muzaffar Xuseynovni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O`zbekiston — Tojikiston munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratdi.





