1

"The New York times" gazetasi O`zbekistonni 2019 yilda tashrif buyurish tavsiya etilayotgan 52 mamlakatlar sirasiga kiritdi

Jamiyat 10.01.2019, 22:07
"The New York times" gazetasi O`zbekistonni 2019 yilda tashrif buyurish tavsiya etilayotgan 52 mamlakatlar sirasiga kiritdi

AQShning "The New York times" nashrida O`zbekiston sayohat qilishga tavsiya qilinayotgan 52 mamlakatlar ichida 34-o`rinda keltiriladi.

"Buyuk ipak yo`li bo`ylab sayohat qiling", - deb yozadi nashr.

Ro`yxatda O`zbekiston tungi barlar va kazinolari bilan mashhur bo`lgan Los-Anjels (AQSh), moviy sohillari bilan tanilgan Marsel (Fransiya) va vinochilik bilan dong`i ketgan Shveysariyaning Veve shaharlarini ortda qoldirgan.

Nashrda sayohat qilishga taklif etilayotgan har bir shaharning o`ziga xos jihatlari va u erda joriy yilda kutilayotgan yangi o`zgarishlar haqida hikoya qilinadi. O`zbekiston haqida esa bu mamlakatga sobiq sovet tuzumidan so`ng 25 yil o`tib, ilk bor AQSh va boshqa yuzga yaqin davlat fuqarolari vizasiz (5 kun) tashrif buyurish mumkinligi, onlayn vizaga topshirish, valyuta alishtirish imkoniyati yaratilgani aytiladi.

Fransiya fuqarolari O`zbekistonda 1 oy davomida vizasiz harakatlana olishlari alohida qayd etilgan. Shuningdek, O`zbekiston qo`shni mamlakatlar bilan ham chegaralarni ochgani, yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlari umumiy viza tizimiga o`tishlari va Toshkent orqali qo`shni davlat poytaxtlariga aviareyslar imkoniyati borligi, Nyu-York va Toshkent o`rtasida aviaqatnovlar soni ortgani haqida axborot berilgan. Hamda yurtimizda keyingi ikki yil ichida yangi qishki kurort maskani, Buxoroda turistik zona va bir qator yangi mehmonxonalar ishga tushishi aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1