1

O`zbekistonda ko`pkari bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi

Jamiyat 10.01.2019, 22:11
O`zbekistonda ko`pkari bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi

Kecha poytaxtimizdagi Rakat Plaza mehmonxonasida Xalqaro ko`k bo`ri federasiyasining navbatdagi Kongressi o`tkazildi.

Unda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston, Eron, Mo`g`uliston uloq-ko`pkari o`yini keng ommalashgan davlatlardan tashqari Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya kabi dunyoning 20ga yaqin mamlakatlaridan ham vakillar ishtirok etishdi.

Kongressda bir qator masalalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda O`zA. Xalqaro ko`k bo`ri federasiyasining Nizomiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, mamlakatimizda ilk bora tashkil etiladigan ko`pkari bo`yicha jahon chempionati musobaqalarini qaysi qoidalar asosida o`tkazish kabi masalalar shular jumlasidan.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning bahor faslida, yanada aniqrog`i “Navro`z” umumxalq bayrami arafasida Xalqaro ko`k bo`ri federasiyasining navbatdagi jahon chempionati bahslari yurtimizda tashkil qilinadi. Musobaqaga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari mezbonlik qilishi belgilab qo`yildi. Faqat jahon chempionati vaqtida chavandozlar uloqni qozonga yoki doiraga tashlashi borasida yakuniy to`xtamga kelinmadi.

O`zbekiston uloq-ko`pkari federasiyasi vakilining aytishicha, uloqni qozonga tashlash qoidasi bo`yicha o`tadigan musobaqalarda otlar va chavandozlarning jarohat olish ehtimoli ancha yuqori sanaladi. Biroq, bunga poytaxtimizda o`tkazilgan Kongressda echim topilmadi va ushbu masala navbatdagi jahon chempionati boshlanishi oldidan tashkil etiladigan yig`ilishda yana bir marotaba muhokamaga qo`yilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1