1

"O`zbekiston havo yo`llari" orqali bepul parvoz qilish imkonini beradigan plastik kartalar joriy qilindi

Jamiyat 10.01.2019, 22:27
"O`zbekiston havo yo`llari" orqali bepul parvoz qilish imkonini beradigan plastik kartalar joriy qilindi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK hamda “Visa” xalqaro to`lov tizimi bilan hamkorlikda O`zbekistonda ilk bor bepul chipta olish imkonini beradigan kobrend plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sayti xabar qiladi.

Ya`ni kartochkalar orqali kundalik sarf-xarajatlar to`langanda, karta egasiga bepul ballar taqdim etiladi. Ma`lum miqdordagi ballar to`planganidan so`ng ushbu ballar orqali milliy aviakompaniyaning istalgan yo`nalishi bo`yicha bepul chipta olish mumkin bo`ladi.

Kartochka mijozning xohishiga qarab, AQSh dollarida yoki milliy valyutada ochiladi. Xususan, “Visa Gold” kartochkasini ochish bahosi 150 ming so`m, “Visa Platinum” — 250 ming so`m. Kartochkalar bo`yicha eng kam mablag` esa 50-100 AQSh dollari hamda 400-800 ming so`mni tashkil qiladi. Ballar esa uning turidan kelib chiqib hisoblanadi.

Shuningdek, kartochkani ochish vaqtida qo`shimcha bonus ham taqdim etiladi. “Welcome” bonusi 1000 mil masofagacha uchish, mijozni sug`urtalash, “konserj-servis” — dunyo bo`ylab mehmonxonadan joy band qilish, chiptalarni rezervga olish, xarid qilishda yordam berish, kutish va kuzatib qo`yish xizmatari shular jumlasidan.

Kartochkalar sohibiga “Visa” xalqaro to`lov tizimi sheriklarining mahsulot va xizmatlari bo`yicha 5 foizdan 20 foizgacha chegirma qilinadi.

Bu turdagi karta 2019 yilning 1 fevralidan amalga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1