1

Mobil operatorlari o`z mijozlarini spam-xatlar haqida ogohlantirdi

Jamiyat 10.01.2019, 22:32
Mobil operatorlari o`z mijozlarini spam-xatlar haqida ogohlantirdi

UMS, Beeline va Uzmobile mobil operatorlari o`z mijozlarini yolg`on xabarlardan iborat spam-xatlar tarqatilayotgani haqida ogohlantirdi. Noma`lum spamerlar faoliyati va hiylalari to`g`risidagi ma`lumot kompaniyalar veb-sahifalari hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy guruhlarida taqdim etildi.

Mobil operatorlar ma`lumotlariga ko`ra, noma`lum shaxslar mashhur messenjer va ijtimoiy tarmoqlarning SMS-xabarlari orqali go`yo operator tug`ilgan kuni sanasida internet trafik va daqiqalar ko`rinishida bonuslar taqdim etadi, degan xabarlar tarqatmoqda.

Matnda mazkur bonusni olish uchun ana shu xabarni yana 20 ta abonentga yuborish kerakligi aytiladi. Bu xatlar mazkur hiyla orqasidan ko`plab mahalliy abonentlar orasida tarqalib ulgurdi.

Xat matni deyarli bir xil – faqatgina ertaga falon operatorning tug`ilgan kuni deyilganda operatorning nomi o`zgaradi, xolos.

Kompaniyalarda bu yolg`on xabar ekanligi va abonentlardan bunga ishonmasliklari hamda spam manbalarni aniqlash va bloklash bo`yicha choralar ko`rilishi e`lon qilindi.

Ta`kidlash joizki, besh yil oldan ham O`zbekistonda xuddi shu tarzda xavfli mobil virus tarqatilgan edi. Ushbu virus mobil qurilma egasi bilmagan holda uning elektron manzilidan foydalanib, qandaydir veb-sahifaga kirish to`g`risidagi iltimosnoma bilan mustaqil ravishda SMS-xabarlarni yuborgan. Natijada virusdan zarar ko`rgan shaxs mobil aloqa xizmatlaridan foydalangani uchun ancha pul to`lashiga to`g`ri kelgan. Mazkur spam-xatlar oddiy hazilmi yoki buning ortida yovuz niyatlar bor-yo`qligi hali noma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1