1

Sudlarda boj to`lash bo`yicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi

Jamiyat 10.01.2019, 22:53
Sudlarda boj to`lash bo`yicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi

Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Kiritilgan o`zgartishlarga muvofiq, sudlarda davlat bojini to`lashdan ozod qilish bo`yicha imtiyozlarning bir qanchasi bekor qilindi.

Xususan, quyidagilar endilikda sudlarga murojaat qilganida davlat boji to`laydi:

fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda:

  • da`vogarlar – mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, seleksiya yutug`iga bo`lgan huquqdan kelib chiqadigan da`volar yuzasidan;
  • nikohni bekor qilish to`g`risidagi mol-mulkni bo`lish bilan bog`liq bo`lmagan ishlar bo`yicha apellyasiya va kassasiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar.

iqtisodiy sudlarda:

  • qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – tayyorlov va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog`liq da`volar bo`yicha;
  • xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – majburiy badallarni to`lash va kommunal xizmatlar to`lovi bo`yicha qarzlarni undirish to`g`risidagi da`volar bo`yicha;
  • xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – shartnomalar uy-joy-kommunal xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi da`volar bo`yicha.

Shuningdek, Qonun bilan ma`muriy sudlarda davlat bojini to`lashdan ozod etiladigan toifalar tasdiqlandi. Jumladan, adliya organlari tomonidan davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko`zlab beradigan arizalari yuzasidan davlat boji undirilmaydi.

Bundan tashqari, davlat boji to`lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko`zlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab taqdim etilgan bo`lsa, shu shaxslardan da`vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1