1

​Toshkentda zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi

Jamiyat 11.01.2019, 10:48
​Toshkentda zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi

"Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish" investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Mazur investisiya loyihasi "Imperial Jewelry Inc" (AQSh) tomonidan uch yillik davrda kiritiladigan 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi investisiya mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish muddati yakunigacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 tonnagacha etkaziladi hamda 100 tadan ortiq ish o`rinlari yaratiladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha "O`zbekzargarsanoat" quyidagi masalalar bo`yicha takliflarni Hukumatga kiritadi:

  • ishlab chiqarish bazasiga ega bo`lgan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarish;
  • zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;
  • zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1